Toshkent viloyati IIBB hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Yangiyo‘l tumanida qo‘lbola usulda tayyorlangan pirotexnika vositalari bilan bog‘liq holat aniqlangan. Xususan, tumanning Paxta mahallasida yashovchi 2010 yilda tug‘ilgan fuqaro (U.A.)ning xonadonida turli hajm va ko‘rinishdagi 110 dona qo‘lbola pirotexnika vositasi borligi ma’lum bo‘lib, ular belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, mazkur pirotexnika vositalari mustaqil ravishda tayyorlangan bo‘lib, keyinchalik sotish maqsad qilingan.

Shuningdek, Toshkent tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Gentra rusumli avtomashina haydovchisining transport vositasi yukxonasida qattiq ovoz chiqaruvchi pirotexnika vositalari saqlab kelayotgani aniqlangan.

Har ikki holat bo‘yicha tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilib, pirotexnika vositalari musodara qilingan.

https://gov.uz/uz/iiv/news/view/111502