O‘zbekiston | 14:30 / 29.07.2023
40064
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona shahrida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Foto: KUN.UZ

Ma’lum qilinishicha, 29 iyul kuni soat 11:39 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar “Mash’al” MFY Sayilgoh ko‘chasidagi 4 qavatli binoning yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 11:44 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:48da qurshab olingan va soat 11:56 da to‘liq bartaraf etilgan.

Xabarda aytilishicha, karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga asosan sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.

Mavzuga oid