Ma’lum qilinişiça, 29 iyul kuni soat 11:39 da Farğona viloyati Farğona şahar “Maş’al” MFY Sayilgoh köçasidagi 4 qavatli binoning yertölasida joylaşgan karaoke kafesida yonğin sodir bölayotgani töğrisida FVBga xabar tuşgan.
Şunga köra, 6 ta yonğin-qutqaruv ekipaji 11:44 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 11:48da qurşab olingan va soat 11:56 da töliq bartaraf etilgan.
Xabarda aytilişiça, karaoke kafesida yonğin sodir bölişi oqibatida 6 nafar fuqaro halok bölgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yuborilgan.
Özbekiston prezidentining topşiriğiga asosan sodir bölgan voqeani örganiş va jabrlanganlarga yordam körsatiş maqsadida Özbekiston boş vazirining örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida hukumat komissiyasi tuzilgan va Farğona viloyatiga jönab ketgan.












