O‘zbekiston | 12:04 / 28.09.2018
15250
2 daqiqa o‘qiladi

Aziz Abduhakimov: Majburiy tibbiy sug‘urta sohasida jahon tajribasini O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish zarur

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta joriy etishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Majburiy tibbiy sug‘urtalash joriy etilganida, yaxshi bo‘lar edi», - dedi Senatning yalpi majlisida bosh vazir o‘rinbosari.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, mamlakat asta-sekin xususiy tibbiyotga o‘tadi. «Chet elda tibbiy xizmatlarning 90 foizga yaqini xususiy sektor tomonidan ko‘rsatiladi. Albatta, men bizda ham shunday bo‘ladi, demoqchi emasman», - deya qo‘shimcha qildi u.

Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, majburiy tibbiy sug‘urta sohasida jahon tajribasini respublika sharoitlariga moslashtirish zarur. Uning ta'kidlashicha, mamlakatda har yili katta mablag‘lar ajratilmoqda, «shu asosda aholiga bepul tibbiy yordam berish mumkin».

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi «Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Qonunda aholini tibbiy sug‘urta bilan majburiy qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Unda tibbiy va profilaktik xizmatlari uchun aholiga teng huquqlar belgilanadi, shuningdek, sug‘urta polisiga muvofiq, to‘lov asosida yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlanadi.

Mavzuga oid