Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliment qarzi borlar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi
O‘zbekistonda aliment to‘lovlarini undirish tizimini kuchaytirishga qaratilgan yangi tartib joriy etilmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, qarzdorlik mavjud bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar qo‘llanishi belgilandi.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda, u to‘liq bartaraf etilguniga qadar qarzdorlarga nisbatan qator cheklovlar joriy etiladi.
Jumladan, qarzdorlarga alohida yirik bitimlarni amalga oshirish, shuningdek ayrim turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlaridan foydalanish cheklanishi mumkin.
Farmon bilan bir qator boshqa o‘zgarishlar ham nazarda tutilgan. Xususan, ayrim holatlarda qarzdor vafot etganda yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda ijro ishlarini davlat ijrochisining qarori bilan tugatish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, muammoli kreditlar bo‘yicha ijro hujjatlari asosidagi undirish ishlarini amalga oshirish ixtisoslashtirilgan davlat ijrochilariga yuklanadi.
Mazkur chora-tadbirlar ijro tizimining samaradorligini oshirish, qarzdorliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va eng muhimi, bolalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026