Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetning yoshlarga ta'siri tadqiq qilindi
Foto: Depositphotos
YouTube, Facebook, Instagram, WhatsApp va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning kundalik hayotida katta rol o‘ynaydi. Bu haqda Avstriyaning Der Standard nashri yozmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish borasidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada 97 foiz yoshlar smartfonga ega va deyarli shuncha foiz yoshlar har kuni internetdan foydalanadi. Aksariyat yoshlar (82 foizi) internetdan vaqtichog‘liq uchun foydalanadi.
Erlangen-Nyurnberg universiteti tadqiqotchilari yoshlarning hayoti internetsiz qanday o‘zgarishini aniqlash maqsadida maktab o‘quvchilariga internet bo‘lmagan kemada sayohat tashkillashtirishdi.
Avval bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar qisqa vaqt – bir necha soat yoki bir kun davomida o‘tkazilgan. Ko‘rilayotgan loyihada esa o‘quvchilar 3 hafta internetsiz qolishgan.
Ba'zi o‘smirlarning tan olishicha, tajriba davomida ularning uyqusi va hayot tarzi yaxshilangan. Ba'zilar esa doimiy ravishda onlayn bo‘lish zaruratidan xalos bo‘lib, yengillik his qilishgan.
Boshqa o‘quvchilar esa kema sohilga kelib to‘xtashi bilan internetga ulanishga oshiqishgan. Ularga bir tomondan, biror narsani o‘tkazib yuborish qo‘rquvi, boshqa tomondan esa aloqaga chiqishlarini talab qilgan yaqinlari tomonidan bosim ta'sir qilgan.
Avval ijtimoiy tarmoqlarga ijobiy munosabatda bo‘lgan yoshlar tajriba davomida ularga tanqidiy jihatdan qaray boshlashgan. “Ijtimoiy tarmoqlardan bor-yo‘g‘i 3 hafta davomida uzilib qo‘yish natijasida o‘quvchilarning ularga salbiy munosabati ancha ko‘paygan. Ijobiy munosabatlari esa, aksincha, ancha kamaygan”, deb xulosa qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra.
Bunday o‘zgarishlar uzoq istiqbolda yoshlarning o‘zini tutishiga qanday ta'sir qilishini keyingi tadqiqotlar ko‘rsatadi, deb ta'kidlamoqdalar tadqiqotchilar.
Mavzuga oid
13:47 / 31.12.2025
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
17:20 / 01.11.2025
Ochiq budjetda rekord: “Mening maktabim” loyihasiga 112 mingta taklif kelib tushdi
18:16 / 31.10.2025