Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook aksiyadorlaridan biri Singapurning eng badavlat odamiga aylandi
Foto: Getty Images
AQSh fuqaroligidan 2012 yilda voz kechib, Singapur rezidentiga aylangan, Facebook hammuassislaridan biri, milliarder Eduardo Saverin Singapurning eng badavlat odamiga aylandi. Hozirda 35 yoshli tadbirkorning boyligi 10,1 mlrd dollarga baholanmoqda. Saverin bu ko‘rsatkich evaziga 2010 yildan beri Singapurning eng badavlat odamlari bo‘lib kelayotgan aka-uka Robert va Filipp Ngdan o‘zib ketdi, deb yozmoqda Forbes nashri.
Saverin o‘z boyligini Facebook aksiyalari narxi o‘sishi hisobiga ko‘paytirib oldi. Unga hanuzgacha kompaniyaning minoritar ulushi tegishli. Forbes Asia versiyasiga ko‘ra, Saverin Osiyoning eng badavlat odamlarining avgustdagi reytingida 9,3 mlrd dollar bilan 2-o‘rinni egallagandi. Shundan keyin Facebook aksiyalari 13 foizga o‘sgan.
Avgustda 9,4 mlrd dollarlik boylikka ega bo‘lgan aka-uka Nglar ham boyliklarini 10 mlrd dollargacha ko‘paytirib olishgan. Bu o‘sish qisman aka-ukalardan kattasi Robertga tegishli bo‘lgan, Hongkongdagi Tsim Sha Tsui Properties kompaniyasi aksiyalari o‘sishi bilan bog‘liq.
Aka-ukaning ko‘chmas mulk imperiyasi Far East Organization ularning otasi Ng Teng Fong tomonidan tashkil etilgan. Fong 1934 yilda Xitoydan Singapurga ko‘chib o‘tgan. U 2010 yilda vafotigacha eng badavlat singapurlik deb tan olib kelingan.
Singapur dunyoning badavlat odamlarini ohangrabo kabi o‘ziga tortadi. Boshqa taniqli singapurlik milliarderlar orasida yangi zelandiyalik Richard Chandler, amerikalik Robert Fridland va hindistonlik neft va gaz magnati Arvind Tiku bor.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
11:21 / 25.10.2025