Jamiyat | 23:13 / 05.04.2019
7521
2 daqiqa o‘qiladi

Bola tug‘ilganida nafaqa tayinlash uchun ariza berish hamda penciya to‘g‘risida ma'lumotlarni onlayn olish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda elektron hukumat tizimi doirasida «Nafaqa» dasturiy mahsulotining funksional imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimi doirasida idoralararo integratsiya platformasi bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Yuqorida qayd etilgan elektron hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi  Respublika fuqarolariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) - my.gov.uz orqali pensiya bilan ta'minlanishiga doir yangi (100 foiz avtomatlashtirilgan) tranzaksion xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

LBMA matbuot xizmatidan xabar berilishicha, quyidagi xizmatlar yo‘lga qo‘yilmoqda:

- bola tug‘ilganda yoki dafn etish marosimi uchun nafaqalar belgilanishi uchun elektron ariza berish. Bunda arizachiga belgilangan nafaqani olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan Xalq banki bo‘limini tanlash imkoniyati beriladi. Xizmat natijasida pensiya tayinlangan sana va uning miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish mumkin;

- pensiya to‘g‘risida ma'lumot olish. Xizmat natijasida pensiya miqdori, tayinlangan sanasi, to‘lov davri, ish staji, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya turi (nafaqa), qayd qilingan va qayd qilinmagan ish davri, tanlangan muddat uchun to‘lovlar miqdori to‘g‘risida ma'lumotlarni olish mumkin;

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali aholi hamda tadbirkorlarning davlat organlari bilan o‘zaro aloqasini butunlay yengillashtirish va shaffofligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Mavzuga oid