Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga imtiyoz beriladi
2026 yilda Farg‘ona viloyatidagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi. Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.
Foto: iStock
Axborot xurujlari avj olayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish har qachongidan ham dolzarb. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasidagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda 2026 yilda viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.
Shavkat Mirziyoyev “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini o‘tkazish, ushbu tadbirga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusini bildirdi.
Prezident o‘zbek adabiyoti tarixida Qo‘qon adabiy muhitining o‘rni beqiyos ekani, bu zaminda 300 dan ziyod shoir va adib yashab ijod qilganini ham qayd etdi.
Shunday adiblarni yetishtirgan Qo‘qon UNESCO'ning “Adabiyot shahri” maqomini olishga ham munosib. Lekin bunday boy meros haligacha tizimli o‘rganilmagani, ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani qayd etildi
Shu bois, Qo‘qon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi.
Mavzuga oid
18:12 / 07.04.2026
Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi, g‘olibga elektromobil beriladi
10:12 / 26.01.2026
Kitobxonlikni targ‘ib qilish: yangi dastur 1 fevraldan boshlanadi
14:42 / 16.01.2026
Maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etiladi
18:19 / 13.02.2025