O‘zbekiston | 11:50 / 23.01.2018
13350
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalari boshqa idoralarga o‘tkaziladi

2018 yilgi Davlat dasturiga asosan Nomarkazlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, hokimliklar va davlat boshqaruvi hududiy organlarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari ishlab chiqiladi.

Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida (@huquqiyaxborot) ma'lumot berilishicha, qonun hujjatlarida Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarini boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga o‘tkazish nazarda tutiladi.

Shuningdek, vertikal boshqaruv tizimi va ijro hokimiyati organlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta'minlaydigan usul va uslublarni takomillashtirish, respublika davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarining bir qismini hokimliklar hamda davlat boshqaruvi hududiy organlariga o‘tkazish belgilangan.

Tegishli hududda davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta'minlash uchun mas'ul mansabdor shaxslar sifatida barcha darajadagi hokimlarning vakolatlari kengaytiriladi va mavqei mustahkamlanadi.

Mavzuga oid