O‘zbekiston | 11:24 / 23.04.2021
11478
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo paydo bo‘ladigan yerni ko‘rganmisiz? 

Foto: KUN.UZ

Markaziy Osiyodagi eng uzun daryo, ya'ni Sirdaryo o‘zani Namangan viloyati Norin tumanining Cho‘ja qishlog‘i hududida paydo bo‘ladi. 

Aynan shu yerda Qoradaryo va Norin daryolari qo‘shiladi va Sirdaryoga aylanadi. 

Cho‘jaliklar ikki daryo oralig‘ida joylashgani va suv uchun imkoniyat qulay bo‘lgani bois qadimdan dehqonchilik bilan shug‘ullanishadi.

Ertapishar rediska, kartoshka, tarvuz va qovun ham shu qishloqda yetishtiriladi.

Usta dehqon Ahmadjon Mirzayev Qoradaryo bo‘yida o‘zlashtirilgan yerida ziroat ishlarini olib bormoqda. U may oxiri iyun boshida pishadigan tarvuz ekkan.  Uning so‘zlariga ko‘ra, tarvuz ko‘chati avval uy sharoitida, issiqxonalarda undirib olinadi. So‘ngra kichik issiqxona usulida ekib chiqiladi. Ahmadjon aka shu dehqonchilik ortidan farzandlarini o‘qitmoqda, uyli-joyli qilmoqda.

Xalqimiz dasturxoniga qo‘yiladigan ilk rediskalarni ham cho‘jaliklar yetkazib beradi.  Erta pishgan rediskalar chet elga ham eksport qilinadi.

Mavzuga oid