Toshkent shahrida «aqlli» bekatlar quriladi
Shuningdek, avtomobillar uchun pulli to‘xtash joylari va elektr transport vositalarini quvvatlantirish joylari sinov tariqasida tashkil qilinadi.
Toshkent shahrida sinov tariqasida “aqlli” bekatlar tashkil etiladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, Bobur va Furqat ko‘chalarida yo‘llarni joriy ta’mirlash, transport harakatini optimallashtirish, ITT’ni joriy etish ishlari boshlandi.
Ishlar doirasida sinov tariqasida “aqlli” bekatlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularda jamoat transporti yo‘lovchilari va boshqalar o‘z mobil qurilmalarini quvvatlantirishi, Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishi hamda elektron tabloda kutilayotgan avtobus kelishiga qancha vaqt qolganligini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Bekat videokuzatuv tizimi bilan ham jihozlanib, yanada kengroq bo‘ladi.
Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pulli to‘xtash joylari va elektr transport vositalarini quvvatlantirish joylari sinov tariqasida tashkil qilinadi. Velosiped va samokat foydalanuvchilari ham turargohdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin bepul asosda.
Bu mazkur manzilda yo‘l bo‘yida to‘xtash joylari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashi va kikshering foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:47 / 26.11.2024
Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi
21:14 / 26.11.2024
Toshkentda harakatlanib ketayotgan mashinalar ustiga daraxt shoxi quladi
21:02 / 26.11.2024
Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
22:20 / 25.11.2024