Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
Bu haqdagi qaror Osiyo Olimpiya Kengashi Ijro qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi. Toshkent ushbu musobaqani 2025 yilda o‘tkazishi kerak edi, ammo Olimpiya shaharchasi qurilishi kechikkani bois mezbonlikdan mahrum qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bahraynda o‘tkazilgan Osiyo Olimpiya Kengashi Ijro qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkent 2029 yilgi IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda III Osiyo yoshlar o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida e’lon qilindi.
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga 2009 yilda asos solingan va dastlabki musobaqa Singapurda o‘tkazilgan. 2013 yilda Xitoyning Nankin shahri ikkinchi musobaqaga mezbonlik qildi.
Yoshlar o‘rtasidagi uchinchi Osiyo o‘yinlari 2025 yilda Toshkentda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq, Osiyo Olimpiya kengashi 2024 yil dekabrda mezbonlikni Toshkentdan olib qo‘ydi va Bahraynga berdi. Bunga O‘zbekiston Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishini belgilangan muddatda yakunlay olmasligi sabab qilib ko‘rsatildi.
Shu tariqa 2025 yilgi musobaqa Bahraynda o‘tkazildi va O‘zbekiston sportchilari unda tarixdagi eng yaxshi natijani qayd qildi.
Mavzuga oid
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
18:21 / 03.12.2025
Toshkentda tirbandlikni kamaytirish maqsadida yo‘l harakatini tashkil etish markazi ochiladi
11:34 / 03.12.2025