Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bola parvarishi uchun nafaqa qanday holatlarda tayinlanadi?
Foto: KUN.UZ
SAVOL: Mening opam shu yilning may oyida qornida bolasi bilan beva qolgan edi, hozirda biz bilan otamiz uyida yashamoqda. Opam ilgari ishlardi — litseyda ona tilidan dars berardi. Endi esa mahalladagilar «ishlaydiganlarga nafaqa puli chiqarmaymiz», deyishyapti. Ular talab qilgan hamma hujjatlarni olib bordik. Ammo baribir yo‘q berilmaydi, deyishyapti. Shu to‘g‘rimi?
Eldor Ro‘ziyev.
JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerakligi belgilangan.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a'zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.
Nizomda 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar); nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga egaligi ko‘rsatilgan.
Agar fuqaroning yashash sharoiti va daromadi yuqoridagi talablarga javob bergan taqdirda xududlardagi mahalla fuqarolari orqali nafaqa yoki moddiy yordamdan birini olish xuquqiga ega bo‘ladi.
Savolga huquqshunos Foziljon XATAMQULOV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
09:12 / 10.01.2026
Homiladorlik nafaqasi bo‘yicha yangi tartib: rasmiy munosabat e’lon qilindi
14:08 / 08.01.2026
3 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar uchun ish vaqti qisqartiriladi
15:29 / 27.12.2025
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi yangilandi
13:13 / 03.11.2025