Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada it go‘shti yeyish taqiqlandi, fermalarning 70 foizi yopildi
Yopilgan fermalarda 346 ming bosh it bo‘lgan, bu mamlakatda go‘sht uchun boqilgan 468 ming bosh itning 74 foizini tashkil etadi.
Foto: AP
Janubiy Koreyada it go‘shti yetishtiruvchi fermalarning ko‘pchiligi yopildi. Bu mamlakatda bir yil avval maxsus qonun qabul qilinganidan keyin sodir bo‘ldi, deb yozdi Yonhap.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qonun kuchga kirgan 2024 yil avgust oyidan buyon mamlakatdagi it go‘shti yetishtiriladigan 1537 ta fermaning 1072 tasi (70 foizi) yopilgan. Yopilgan fermalarda 346 ming bosh it bo‘lgan, bu mamlakatda go‘sht uchun boqilgan 468 ming bosh itning 74 foizini tashkil etadi.
Vazirlik 2025 yil oxirigacha bunday fermer xo‘jaliklarining 75 foizdan ortig‘i yopilishini bashorat qilmoqda. Vazirlik vakili bu kutilganidan yuqori ko‘rsatkichni jamoatchilikning it go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlash «avlodimizning burchi» ekanligini tushunishi va hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar bilan bog‘ladi.
Maxsus qonun itlarni ko‘paytirish, so‘yish, tarqatish va go‘sht uchun sotishni taqiqlaydi. Shuningdek, ushbu sohadagi odamlarga kasbini o‘zgartirish uchun subsidiyalar beradi.
2027 yildan boshlab, uch yillik o‘tish davridan keyin, qonunni buzganlar ikki yilgacha qamoq yoki 30 million von (taxminan 21 ming dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Janubiy Koreya Milliy assambleyasi it go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlovchi maxsus qonun qabul qilgan edi. Shunda mamlakat aholisining 90 foizi it go‘shti iste’mol qilinishiga qarshi ekanini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
18:07 / 10.12.2025