Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi «Sino» zavodi investorlarga topshiriladi
Foto: photo.qip.ru
Samarqanddagi bankrot bo‘lgan «Sino» muzlatgichlar zavodi investorlarga topshiriladi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.
Kompaniya «nol» qiymat bo‘yicha beriladi, biroq korxonani sog‘lomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish hamda kreditorlarga qarzlarni to‘lash sharti bilan.
1973 yilda qurilgan zavod «Pomir», «Snejinka», «Samarqand», «SINO» brendlari ostida mahsulot ishlab chiqargan, quvvati yiliga 250 mingta sovutgich ishlab chiqarishga moslashgandi.
1991 yilda kompaniya aksiyadorlik bo‘ldi. 2003 yilda zavod grand oldi, u yangi agregatlar yig‘ishni tashkil etishga imkon berdi. 2009 yilda bu yerda LG muzlatgichlari ishlab chiqarila boshlandi, 2012 yilda Xitoyning Guangzhou Kinte Industrial’si ikkita yangi modelni ishlab chiqarish uchun jalb etildi.
2015 yilda aksiyalarning 88,8%ni xorijiy investorga sotish haqida qaror qabul qilindi. Samarqand xo‘jalik sudi 2018 yil avgustida «Sino»ning bankrotligi to‘g‘risidagi arizani oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zavodning oldingi rahbariga nisbatan jinoiy ish ochilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026