Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi «SINO» zavodining oldingi rahbariga nisbatan jinoiy ish ochilgan
Samarqanddagi SINO aksiyadorlik jamiyati joriy yilning yozida bankrot deb topilgan edi. «O‘zeltexsanoat» uyushmasida o‘tkazilgan brifingda bu zavod haqida batafsil ma'lumot berildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
1973 yilda qurilgan zavod «Pomir», «Snejinka», «Samarqand», «SINO» brendlari ostida mahsulot ishlab chiqargan, quvvati yiliga 250 mingta sovutgich ishlab chiqarishga moslashgandi.
Uyushma raisi Alisher Abdullayev so‘zlariga ko‘ra, ushbu korxonaning 72 milliard so‘m qarzi bo‘lgan. Ayni vaqtda, korxonani bankrot deb topilgan bo‘lib, uni tender orqali investorlarga sotish choralari ko‘rilmoqda. Bundan maqsad, korxona uchun taqdim etilgan kreditlarni egalariga qaytarishdan iborat.
«Uning oldingi rahbariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. O‘tgan yil oktyabrida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biz korxonani sog‘lomlashtirish taklifini ilgari surdik. Tayyor korxona rivojlanishi kerak. Davlatdan, banklardan olgan pullarni qaytarishi kerak. Shu vaqtgacha, 4ta investor, 2ta mahalliy va 2ta xorijdan salohiyatli sarmoyadorlar korxona bilan tanishdi», - dedi Alisher Abdullayev.
Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026