Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqa boshladi
Tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, o‘tkazish maqsadida ularni saqlash, tashish yoki o‘tkazish taqiqlanadi. Bu mahsulotlarni chegaradan olib o‘tganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etiladi.
Foto: Getty Images
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa yoshlar orasida iste’mol qilish ko‘paygan.
Loyihada ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, o‘tkazish maqsadida ularni saqlash, tashish yoki o‘tkazishni taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, bu mahsulotlarni davlat chegarasidan olib o‘tganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun loyihasi 2024 yil aprel oyida jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan edi.
Avvalroq, Qirg‘izistonda qabul qilingan qonunga asosan, 2025 yil 1 iyuldan boshlab mamlakatga elektron sigaretlarni olib kirish, ulardan foydalanish va elektron sigaretalar savdosi taqiqlanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:19 / 08.10.2025
“Dunyodagi har besh odamdan biri veypga qaram ” – JSST
18:58 / 21.07.2025
Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
10:44 / 04.10.2018