Qozoğiston prezidenti 2024 yil 19 aprelda imzolagan Qonunga muvofiq, 20 iyundan boşlab elektron sigaretalar, nikotinli xuşböylaştiruvçi moddalar va şunga öxşaş nikotinli mahsulotlarni olib kiriş, işlab çiqariş va sotiş töliq taqiqlandi.

Qozoğiston Respublikasining «Aholi salomatligi va soğliqni saqlaş tizimi töğrisida»gi Kodeksining 110-moddasiga kiritilgan özgarişlarga köra, quyidagilar taqiqlandi:

- çekilmaydigan tamaki mahsulotlari;

- elektron iste’mol tizimlari (veyplar);

- veyp uçun xuşböy moddalar va suyuqliklar;

- nikotin va qatron miqdori belgilangan me’yordan oşgan tamaki mahsulotlari hamda kalyan aralaşmalari;

- sanitariya talablariga javob bermaydigan mahsulotlar.

Jinoyat kodeksiga ham özgartişlar kiritilib, yangi 301-1-moddaga muvofiq, taqiqlangan mahsulotlarni sotiş yoki tarqatiş uçun javobgarlik belgilandi. Jumladan, qonunbuzarlarga jarima, 200 soatgaça axloq tuzatiş yoki jamoat işlari yoki 50 kungaça qamoqqa oliş jazosi qöllanişi mumkin.

Taqiqlangan mahsulotlarni işlab çiqariş yoki olib kiriş uçun jarima yoki 2 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş (mol-mulkni musodara qiliş bilan) jazosi nazarda tutilgan.

Agar qonunbuzarlik takroran yoki guruh bölib sodir etilgan bölsa, jazo 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etişgaça kuçaytiriladi.

Avvalroq, Özbekiston Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan nikotinni iste’mol qiliş moslamalari, şu jumladan elektron sigaretalar va ular uçun suyuqliklarning muomalasini taqiqlovçi qonun qabul qilingan edi. Bu mahsulotlarni muomalaga kiritiş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik ham belgilanmoqda.