2018 yil 4 oktabrdan boşlab “Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalar çekişni çeklaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni kuçga kirdi, deb yozmoqda Adliya vazirligi kanali.
Endilikda, quyidagi jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalarni çekişga yöl qöyilmaydi:
• statsionar savdo obektlarida, şuningdek umumiy ovqatlaniş korxonalarida, bundan çilim va elektron sigaretalar çekiş uçun maxsus ajratilgan xonalar mustasno;
• kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, körik va körgazma zallarida hamda ommaviy dam oliş uçun möljallangan boşqa yopiq inşootlarda;
• klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, Internet jahon axborot tarmoğidan foydalaniş böyiça xizmatlar körsatiş uçun jihozlangan xonalarda yoxud boşqa köngiloçar (böş vaqt ötkaziladigan) joylarda;
• muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida;
• mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlarda, şahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (şu jumladan tamburlarida), daryo kemalarida, şaharda, şahar atrofiga, şaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslarda, taksilarda, yönalişli taksilarda hamda şahar elektr transportida, şuningdek havo kemalarida;
• yer osti ötiş joylarida, transport bekatlarida va avtotransport vositalarini vaqtinçalik saqlaş joylarida;
• aeroportlarning, temir yöl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolarida;
• davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining, xöjalik boşqaruvi organlarining, şuningdek korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning binolarida;
• soğliqni saqlaş tizimi muassasalari va taşkilotlarida, ta'lim muassasalarida, jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va sport inşootlarida;
• iş joylari bölgan xonalarda;
• köp kvartirali uylarning yölaklarida, şuningdek uylar oldi hududida joylaşgan bolalar va sport maydonçalarida;
• xiyobonlarda, boğlarda, köçalarda va boşqa jamoat joylarida.
Çilim va elektron sigaretalar çekişni reklama qiliş, ya'ni çilim va elektron sigaretalar çekiş usullari va yöllari, şuningdek ularni oliş joylari töğrisidagi ma'lumotlarni tarqatişga qaratilgan faoliyatga yöl qöyilmaydi.
Çilim va elektron sigaretalar çekişni tarğib qiliş, ya'ni çilim va elektron sigaretalarni çekişni rağbatlantiruvçi, şaxsda ularni iste'mol qilişning zararsizligi haqidagi tasavvurni şakllantiruvçi ğoyalar, qaraşlar va badiiy obrazlarni oçiq yoki yaşirin şaklda tarqatişga qaratilgan harakatlar taqiqlanadi.












