Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 maydan Britaniyaga kirish qoidalari o‘zgaradi
20 maydan Buyuk Britaniya barcha xorijliklar uchun migratsiya qog‘oz kartalarini bekor qiladi. Bu xorijliklarning kelish punktlarida navbatlarni qisqartirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Britaniya chegara xizmati boshlig‘i Pol Linkoln ma'lum qildi.
Bungacha migratsiya kartalarini Yevropa iqtisodiy hududi ortidan aviareyslar va dengiz portlari orqali keluvchi yo‘lovchilar to‘ldirishardi.
Linkolnning ma'lum qilishicha, kartalarning bekor qilinishi “yo‘lovchilarning tobora ko‘payayotgani muammosini hal qilishga yordam beradi”. Uning ta'kidlashicha, migratsiya kartalariga kiritilgan aksariyat ma'lumotlarni yaqin orada elektron ko‘rinishda yig‘ish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, Britaniya kasaba uyushmalari o‘zgarish chegara nazoratini susaytirishidan xavotirlanmoqdalar. Ta'kidlanishicha, Britaniyada har yili mamlakatga kirayotgan xorijiy fuqarolarni qayd qilish uchun 16 mln.taga yaqin migratsiya kartasi chiqarilgan.
Kasaba uyushmalari fikricha, kartalarning bekor qilinishi xavfsizlik idoralarini “noqonuniy operatsiyalar ishtirokchilari yoki jinoyatchilarni” javobgarlikka tortish uchun zarur bo‘lgan qimmatli ma'lumotdan mahrum qilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:31 / 15.12.2025
O‘zbekiston so‘zanasi Britaniya nashriyoti kitobida: yangi loyiha muhokama qilinyapti
18:06 / 25.11.2025
O‘zbekistonlik elektriklar Britaniyaga ishga taklif qilinyapti. Oylik maosh 4400 dollar
10:01 / 07.11.2025
O‘zbekiston-Britaniya: sanoatga integratsiyalashgan ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda
08:14 / 31.10.2025