O‘zbekiston | 10:01 / 07.11.2025
2244
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Britaniya: sanoatga integratsiyalashgan ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda

Londonda London South Bank University (LSBU) xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Styuart Bannerman bilan uchrashuvda ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma loyihalar, xususan sanoatga integratsiyalashgan ta’lim modellarini joriy etish bo‘yicha sheriklik masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish (CPD) kurslari, talabalarning sanoat korxonalarida amaliyoti va stajirovkalarini kengaytirish, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar almashdi. Suhbatda tibbiyot va ekologiya yo‘nalishlarida O‘zbekiston OTM bilan qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tayyorlanayotgani qayd etildi.

Asosiy yo‘nalishlar:

  • muhandislik, qurilish va arxitektura: ishlab chiqarish bilan integratsiyalangan laboratoriyalar, barqaror infratuzilma va shaharsozlik bo‘yicha qo‘shma kurslar;
  • AT va raqamli yechimlar: ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim muhiti;
  • biznes va huquq: tadbirkorlik, loyiha menejmenti, komplayens va intellektual mulk;
  • sog‘liqni saqlash va ekologiya: jamoat salomatligi, bioetika, atrof-muhit monitoringi bo‘yicha interdissiplinar dasturlar;
  • kreativ industriyalar va ijtimoiy fanlar: ijtimoiy innovatsiyalar, dizayn va amaliy san’at.

Ma’lumot uchun (LSBU haqida): 1892 yilda tashkil etilgan LSBU'da hozir 18 mingga yaqin talaba tahsil oladi, 1,7 mingga yaqin professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Universitet san’at, sanoat, qurilish, arxitektura, biznes boshqaruvi, muhandislik, huquq, amaliy va ijtimoiy fanlar hamda sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydi.

Mavzuga oid