Buyuk Britaniya qirolining ukasi şahzoda Endryu barça unvonlaridan mahrum etiladi va Vindzor qasri hududidagi qirollik xonadonlarini tark etadi. Marhum malika Yelizaveta II ning ikkinçi öğlini unvonlardan mahrum etişning rasmiy tartibini qirol Çarlz III boşlab bergani haqida 30 oktyabr kuni Bukinhem saroyi xabar berdi.
Bayonotda aytilişiça, şahzoda Endryuga Royal Lodj (Royal Lodge) rezidensiyasi böyiça “ijara şartnomasini bekor qiliş haqida rasmiy bildirişnoma yuborilgan” va u “boşqa xususiy uy-joyga köçib ötadi”. BBC mediakorporatsiyasi aniqlaşiça, Endryu Norfolk grafligidagi qirollikning Sandrinhem mulkiga köçadi, yaşaş xarajatlarini esa qirol öz şaxsiy mablağlaridan qoplab beradi.
Bukinhem saroyi Britaniya şahzodasining voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy savdo ayblovlari qöyilgan amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn bilan aloqalari atrofidagi mojaro fonida bu qarorni e’lon qildi. 2019 yili Epşteyn qamoqxona kamerasida öz joniga qasd qilgan holda topilgan edi.
“Uşbu çoralar zarur, deb hisoblandi, garçi u (Endryu) öziga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarni rad etişda davom etsa-da, — deyiladi saroy bildiruvida. — Qirol fikri zöravonlikning har qanday körinişiga duç kelgan jabrdiydalar va omon qolganlar bilan bölgan va şunday bölib qolişini aniq bayon qilişni istaydi”.
Qiroliy oila a’zosining Epşteyn bilan döstligi mavzusi yaqinda Virjiniya Juffrening vafotidan söng naşr etiliş arafasidagi xotiralaridan iqtiboslar e’lon qilingaç yana diqqat markaziga qaytdi. U mazkur kitobda Epşteyn tomonidan odam savdosining qurboni bölganini va 17 yoşida şahzoda Endryu bilan jinsiy aloqalarga kirişganini da’vo qiladi.
Bukinhem saroyi ma’lumotlariga köra, endilikda şahzoda Endryu “Endryu Mauntbetten-Vindzor” deb ataladi.
Joriy oktyabr oyida Endryu York hersogi unvonidan voz keçganini e’lon qilgan edi. 2022 yilda u unvonlarining katta qismidan mahrum etilgan va qirollik vazifalaridan çetlatilgan. Şahzoda unvonidan mahrum qiliş uni Britaniya taxtiga da’vogarlar röyxatidan avtomatik ravişda çiqarib taşlaşni anglatmaydi — u meros tartibida sakkizinçi örinda qolmoqda.












