Jamiyat | 12:20 / 15.04.2018
17170
2 daqiqa o‘qiladi

Qur'on musobaqasi respublika bosqichi qachon va qayerda o‘tkaziladi?

Foto: Mehrob.uz

25-26 aprel kunlari Qur'on musobaqasi Respublika bosqichining ayol-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari Toshkent shahri Talabalar shaharchasida joylashgan «Yoshlar ittifoqi» anjumanlar uyida (O‘zMU sobiq madaniyat saroyi) bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, «Navro‘z» qabullar uyida katta monitorlar o‘rnatilib, tomoshabinlar uchun minglab o‘rinlar hozirlanmoqda. Bu haqda«O‘zbekiston Qur'on musobaqasi – 2018» tashkiliy hay'at raisi Abduhakim qori Matqulov xabar bergan.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar ham 21, 22, 23 va 24 aprel kunlari yuqorida zikr qilingan manzilda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. «Minor», «Shayx Zayniddin» (Ko‘kcha) va «Hazrati Imom» (Xastimom) masjidlariga tomosha uchun monitorlar qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi markaziy masjidlarga o‘rnatiladigan katta ekranlar orqali ham musobaqa jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish mumkin.

Bellashuvda viloyatlardan 43 nafar (14 hifz, 29 tilovat yo‘nalishi bo‘yicha) va O‘MI tasarrufidagi Islom bilim yurtlaridan esa 7 nafar (3 hifz, 4 tilovat yo‘nalishi bo‘yicha), jami 50 nafar qoriya qizlar o‘zaro musobaqalashishi kutilmoqda.

Mavzuga oid