Özbekistonlik qori Abbosxon Obidov Saidmurod öğli Rossiyada ötkazilgan Qur’oni karimni tajvidli öqiş böyiça xalqaro musobaqada sovrindor böldi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ixva” xayriya jamiyati tomonidan taşkil qilingan ikkinçi xalqaro musobaqaga 25–27 may kunlari Rossiya federatsiyasining Inguşiston respublikasi mezbonlik qildi.
Özbekiston nomidan musobaqada qatnaşgan Abbosxon qori Obidov Saidmurod öğli 3-öringa sazovor böldi va 3 ming dollar mukofot bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uçun, Abbosxon qori Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Hidoya" örta maxsus islom bilim yurti talabasi hisoblanadi.










