Qirğizistonda bölib ötgan xalqaro Qur'on musobaqasida 3-örinni egallagan Habibulloh qori Olimjonovga mukofot sifatida bir yillik öquv şartnoma puli (13 974 000 söm) tölab berildi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 2 noyabr kuni Toşkent islom institutida bölib ötgan taqdirlaş tadbirida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ğolibga öquv şartnomasi tölanganligi yorliğini topşirdi. «Qur'on va tajvidni örgatiş» bölimi, Toşkent islom instituti jamoasi tomonidan ham Habibulloh qori Olimjonov va uning ota-onasi, ustozlariga qimmatbaho sovğalar taqdim etildi.
Şuningdek, marosimda «Qur'on va tajvidni örgatiş» bölimi mudiri Şayx Alijon qori Fayzulla Maxdum öğli ham sözga çiqib, institut jamoasini munosib ğalaba bilan muborakbod etiş asnosida xalqaro Qur'on musobaqalarida iştirok etiş mahorati haqida sözlab berdi.



Eslatib ötamiz, joriy yilning 30 oktabr kuni Toşkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov Qirğiziston poytaxtida MDH respublikalari Qur'on hofizlari iştirokida ötkaziladigan Xalqaro Qur'oni karim musobaqasida faxrli uçinçi örinni egallagani xabar qilingan edi.













