Toşkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov Bişkekda bölib ötgan xalqaro Qur'oni Karim musobaqasida faxrli uçinçi örinni egalladi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 30 oktabr kuni Qirğiziston poytaxtida MDH respublikalari Qur'on hofizlari iştirokida ötkaziladigan I Xalqaro Qur'oni karim musobaqasi bölib ötdi.
Bişkekdagi «Imom Saraxsiy» jomesida «Qur'on bahori» şiori ostida ötkazilgan musobaqada MDH davlatlaridan kelgan Qur'on hofizlari tajvid qoidasi asosida Qur'oni karimni yoddan öqib beriş böyiça musobaqalaşdi.
Musobaqada Özbekiston qorilari nomidan iştirok etgan «Imom Buxoriy» nomli Toşkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov 11 ta mamlakatdan taşrif buyurgan qorilar orasida uçinçi öringa munosib topildi.

Musobaqada birinçi öringa qirğizistonlik Ibrohim Mallaboyev, ikkinçi öringa doğistonlik Usmon Zulpuxargaddiyev munosib körildi. Şuningdek, uçinçi öringa Özbekiston vakilidan taşqari qozoğistonlik Imanali Mirzageldiyev ham loyiq körildi.













