Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq deputatlari kengashi maktab direktorlari tanlovini o‘tkazadi
“O‘zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mo‘ljallangan.
Qonun 25-4-modda bilan to‘ldiriladi. Unda xalq deputatlari kengashi tomonidan umumta'lim muassasasi direktorlari tanlovini o‘tkazish va ularning hisobotlarini eshitish tartibi belgilab qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, umumta'lim muassasalarining bo‘sh direktor lavozimlari uchun hududiy xalq ta'limi boshqarmalari kiritgan nomzodlar xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tanlovdan o‘tkaziladi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarida maktab direktori lavozimiga nomzodlar tanlovini o‘tkazish maqsadida deputatlarning vakolat muddatiga muvofiq doimiy asosda ishlovchi tanlov komissiyasi tuziladi. Tanlov komissiyasi to‘g‘risidagi nizom, tanlov komissiyasi tarkibi va tanlovni o‘tkazish tartibi tegishli xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tanlov natijalariga ko‘ra, umumta'lim muassasasi direktori lavozimiga tayinlash uchun eng yaxshi 3 yillik dastur egasi shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olinadi hamda lavozimga tayinlash uchun hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga taqdim etadi.
Umumta'lim muassasasi direktori yil yakuni bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari va jamoatchilik vakillariga 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot taqdim etadi.
Har yili dekabr oyida kelgusi yil uchun 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot berish jadvali xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari bilan kelishilgan holda hududiy xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari maktab direktorlariga yuklangan 3 yillik dasturning samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati yuzasidan monitoring olib boradi, maktab direktori faoliyati samaradorligiga xolisona baho beriladi. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha maktab direktorini rag‘batlantirish yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlik choralari ko‘rilishi yuzasidan hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga taklif kiritadi.
Mavzuga oid
11:30 / 09.01.2026
Buvaydadagi maktab direktori ishga qayta tiklanadigan bo‘ldi
15:47 / 27.12.2025
1 yanvardan maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga KPI asosida oylik ustama to‘lanadi
18:30 / 29.04.2025
Qo‘shko‘pirda sochi o‘rilmagan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
13:58 / 29.04.2025