O‘zbekiston | 21:00 / 20.06.2017
72458
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Prezidentining 20 iyundagi farmoni bilan Inom Majidov oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri etib tasdiqlandi. Bu haqda Hukumat portali xabar bergan.

Inom Majidov 2016 yil sentyabrdan oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ungacha esa OO‘MTV oliy ta'lim muassasalari bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

U bugundan Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlangan Rustam Qosimov o‘rnida ish boshlaydi.

Mavzuga oid