Rustam Qosimov sönggi bir oy davomida soğligidagi muammolar tufayli ta'tilga çiqib, şifoxonada oğir kasallikdan davolanayotgandi.
Rustam Sobiroviç Qosimov 1956 yilda Toşkent şahrida tuğilgan.
U 2001-2004 yillarda oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari, 2004-2008 yillarda oliy va örta maxsus ta'lim vaziri - 2004-2009 yillarda boş vazirning fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va madaniyat masalalari böyiça örinbosari bölgan. 2009-2011 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida işlagan, 2011 yilda lavozimni tark etib, pensiyaga çiqqan.
U 2016 yil sentyabrida yana boş vazir örinbosari, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri lavozimini egallagan.
2017 yil iyunida Özbekiston prezidenti Davlat maslahatçisi birinçi örinbosari – Taşkiliy-kadr xizmati rahbari – Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan (şu kungaça akademiya rektori edi), 2017 yil noyabr oyi oxirida esa Özbekiston prezidentining Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça Davlat maslahatçisi etib tayinlangan. 2018 yilda prezidentning jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida iş boşlagan. U 2019 yildan buyon Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga ham rektorlik qilib kelayotgandi.
Bundan oldinroq Rustam Qosimov oğir kasallik tufayli ta'tilga çiqqani va uning örniga Şoazim Minovarov Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajara boşlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

















