Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat va jamoat arbobi, taniqli olim va pedagog, 7 may kuni vafot etgan Rustam Qosimovning ta'ziyali xonadoniga taşrif buyurib, marhumning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Rustam Sobiroviç Qosimov 1955 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent davlat universitetining şarqşunoslik fakultetida öqib, mehnat faoliyatini Toşkent suv xöjaligi institutida arab tili tarjimonligidan boşlagan. Köp yillar oliy ta'lim sohasida turli vazifalarda işlagan. 2004-2009 yillarda Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari sifatida fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy sohalar rivojiga hissa qöşgan. Oxirgi yillarda Özbekiston Respublikasi prezidentining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifalarida işlab kelayotgan edi.

R.Qosimovning köp yillik samarali mehnati davlat tomonidan munosib taqdirlanib, 2006 yilda «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlangan edi.

Davlat rahbarining köngil söraşi oğir damda marhumning oilasiga hamdardlik, katta dalda böldi. 

Qur'on oyatlari tilovat etilib, duo qilindi.

Prezident marhumning ezgu işlarini yodga oldi.

«Juda qayğudaman. Qölimizdan kelganini qildik. Xudoning irodasi ekan. Vatanga sadoqatli, fidoyi, aqlli, millatimizning ziyolilaridan birini yöqotdik. Biz juda köp yillari birga işlaganmiz, oğir kunlarimiz ham bölgan. Hozir ham menga eng katta yordamçi, maslahatgöy edi. Ilohim, joylari jannatda bölsin. Işlarini farzandlari davom ettirsin», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Marhumning oilasi, farzandlari doimiy e'tiborda bölişi ta'kidlandi.