Jahon | 15:35 / 26.07.2021
4943
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya, Fransiya va Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Italiya hukumati yong‘inlarni bartaraf etishda yordam so‘rab YeIning boshqa mamlakatlariga murojaat qilgan.

Foto: Reuters

Fransiya janubi, Ispaniya va Italiyaning Sardiniya orolida keng miqyosdagi o‘rmon yong‘inlari avj oldi, deb xabar bermoqda DW.

Xabarda aytilishicha, Sardiniya oroli g‘arbida olov bir necha ming gektarga tarqalgan, bir nechta uylarga zarar yetgan.

Italiyada yong‘inlarni o‘chirishga aviatsiya jalb etilgan. Italiya hukumati yong‘inlarni bartaraf etishda yordam so‘rab YeIning boshqa mamlakatlariga murojaat qilgan.

Fransiya janubidagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda minglab o‘t o‘chirish brigadalari qatnashmoqda. 

Ispaniya shimoli-sharqida yong‘in 1100 gektar o‘rmon va qishloq xo‘jalik yerlariga ziyon yetkazgan. Yong‘inlarni o‘chirishga mamlakat armiyasi jalb etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid