“VIA Maroqand” guruhi solistlarining litsenziyasi to‘xtatildi, Umirov va “Ummon” ogohlantirildi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy Kengash a'zolari tomonidan “VIA Maroqand” guruhining “Turist” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipida juz'iy kamchiliklar bo‘lganligi bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi.
"O‘zbekkonsert" matbuot xizmati guruh a'zolari bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilganligi sababli, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan “VIA Maroqand” guruhi a'zolari Zakirova Asalxon Baxtiyorjon qizi va Tashmatov Abdurashid Xusanovichlarga berilgan litsenziyalar joriy yilning 29 may kunidan to‘xtatilganligini ma'lum qilindi.
Shuningdek, Kengash a'zolari tomonidan “Ummon” guruhining “Oq gulim” va xonanda Jasur Umirovning “Saypi” deb nomlangan qo‘shig‘i hamda unga ishlangan kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi. Biroq bildirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilinmasdan efirga berilganligi uchun xonanda Jasur Umirov va “Ummon” guruhi ogohlantiriladi.
Manbada agar ushbu holat yuqorida nomlari keltirilgan san'atkorlarda qayta takrorlansa, ularga berilgan litsenziyalar muddatidan avval to‘xtatilishi qo‘shimcha qilingan.
Mavzuga oid
21:32 / 27.11.2024
Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi
18:23 / 21.11.2024
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
20:41 / 24.09.2024
“5 oktyabrdan Umra turfirmalari amaldagi litsenziyasi bilan ishlay olmaydi” – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
11:58 / 04.09.2024