Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Gruziya madaniyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda
2017 yil 23-27 may kunlari Toshkentda Gruziya respublikasi madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastur Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Gruziya kinosi kunlari” bilan boshlandi. Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan Gruziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Jgenti ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari barcha jabhalar qatori madaniyat va san'at sohalarida ham izchil rivojlanayotganini ta'kidladi.
“Ushbu tadbir O‘zbekiston aholisini, ayniqsa yoshlarni Gruziyaning madaniyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Umid qilamanki, madaniy dasturdan o‘rin olgan barcha tadbirlar katta va yosh avlodda katta qiziqish uyg‘otadi. Aytish joizki, dastur bejizga Gruziya kinosi kunlari bilan ochilmayapti, sababi o‘zbek kino ixlosmandlari orasida Gruziya kinosiga qiziqish katta, televideniye orqali muntazam ravishda gruzin kinoijodkorlari tomonidan olingan kartinalar namoyish etiladi. Bu albatta quvonarli hol”, - dedi Gruziyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Jgenti.

Gruziya kinosi kunlari davomida xalqaro tanlovlarda ko‘plab sovrinlarga sazovor bo‘lgan oltita film namoyish etiladi.
24 may kuni dastur loyihasida Toshkent fotosuratchilar uyida yosh fotorassom Natali Murjiknelining shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi.
“O‘zbekistonda men to‘rt yildan buyon yashab ijod qilmoqdaman. Ushbu davr mobaynida bu yerda ko‘plab do‘stlar orttirdim, Toshkent Fotosuratlar uyi huzuridagi maktab-studiyada o‘qimoqdaman, Zulfiqor Musoqovdan kino olami sirlarini o‘rganmoqdaman. Ko‘rgazmada O‘zbekiston bo‘ylab qilgan sayohatlarim davomida olgan 39 fotosurat namoyish etiladi”, - degan fotorassom Natali.

Gruziya madaniyati kunlari davomida, shuningdek, Toshkent Fotosuratlar uyida 19-20-asrlarning mashhur rassomi Niko Pirosmanining asarlari ko‘rgazmasi, “Street musicians” musiqiy ansamblining konserti hamda Istiqlol san'at saroyida Gruziyaning “Erisioni” xalq ko‘shiq va raqs Davlat akademik ansambli chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Jurnalist va fotograf: Nodira Maqsudova
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026