Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti 6 soat ichida to‘liq tiklanadi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkentda 6 soat ichida suv ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildi. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor tumanlariga va Chilonzor tumanining bir qismiga 3 soat ichida suv berish to‘liq tiklanadi.
Foto: t.me/kommunaluzb
Toshkent shahrida ichimlik suvi ta’minoti yaqin soatlarda tiklanadi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi o‘chishi fonida poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi «Qodiriya» bosh suv inshooti nasos agregatlari o‘chgan.
Shu tufayli, Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar ro‘y berdi.
Hozirgi vaqtda suv inshootida elektr ta’minoti qayta tiklangan, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Qo‘shimcha ma’lum qilinishicha, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor tumanlariga va Chilonzor tumanining bir qismiga 3 soat ichida suv berish to‘liq tiklanadi. Toshkent 6 soat ichida to‘liq suv bilan ta’minlanadi.
Uy-joy kommunal xizmat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, soat 17:30 holatiga Toshkentda 12 ta mahalliy qozonxonaning faoliyati tiklangan. Poytaxtda 202 ta lokal, 12 ta markaziy qozonxona bor.
Mamlakat bo‘ylab vazirlik tizimiga kiruvchi 500 ta qozonxonadan 78 tasi o‘z ish faoliyatini qayta tiklagan.
Mavzuga oid
09:56 / 27.11.2025
Daraxt ekish uchun ichimlik suvidan foydalanishga qo‘yilgan cheklov bahor va yozda bekor bo‘ladi
17:22 / 13.11.2025
“EKO NOM” va “Novator” rusumli suv hisoblagichlar bo‘yicha izoh berildi
21:29 / 11.11.2025
«Eko Nom» va «Novator» rusumli suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi
14:46 / 05.09.2025