Toşkent şahrida içimlik suvi ta’minoti yaqin soatlarda tiklanadi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi xabar berdi.
Xabarga köra, mamlakat böylab elektr energiyasi öçişi fonida poytaxt aholisining asosiy qismini içimlik suvi bilan ta’minlovçi «Qodiriya» boş suv inşooti nasos agregatlari öçgan.
Şu tufayli, Toşkent şahrining qator hududlarida içimlik suv ta’minoti bilan boğliq uzilişlar röy berdi.
Hozirgi vaqtda suv inşootida elektr ta’minoti qayta tiklangan, içimlik suv gidravlik rejimini tiklaş böyiça tezkor çoralar körilmoqda.
Qöşimça ma’lum qilinişiça, Yunusobod, Mirzo Uluğbek, Uçtepa, Şayxontohur, Olmazor tumanlariga va Çilonzor tumanining bir qismiga 3 soat içida suv beriş töliq tiklanadi. Toşkent 6 soat içida töliq suv bilan ta’minlanadi.
Uy-joy kommunal xizmat vazirligi ma’lumotiga köra, soat 17:30 holatiga Toşkentda 12 ta mahalliy qozonxonaning faoliyati tiklangan. Poytaxtda 202 ta lokal, 12 ta markaziy qozonxona bor.
Mamlakat böylab vazirlik tizimiga kiruvçi 500 ta qozonxonadan 78 tasi öz iş faoliyatini qayta tiklagan.














