Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Qo‘yliq bozori yopilmasligi ma’lum qilindi
Uning faoliyati optimallashtirilmoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.
Foto: Voice of Tashkent
Ilgari muqobil savdo joylarini tayyorlash zarurati tufayli to‘xtatilgan Qo‘yliq bozori hududining bir qismini qayta qurish va obodonlashtirish ishlari qayta tiklandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hozir bozor yanada tartibli holga keltirilgan — tadbirkorlar uchun joylar yaratildi va hududdagi ishlar faol davom etmoqda. Barcha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, shu bilan birga, savdo faoliyati to‘xtatilmagan.
«Bozor yopilmayapti, balki uning faoliyati optimallashtirilmoqda — tartib o‘rnatish, sanitariya sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida joriy etiladigan raqamlashtirilgan tizim soliq to‘lovlarining shaffofligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, yashirin iqtisodiyotning bozordagi ta’sirini kamaytirishga yordam beradi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tizimli qaror qabul qilinib, bozor xalqaro va zamonaviy shahar standartlariga mos holga keltirilmoqda.
Mavzuga oid
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026