Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shermatov: «Yuqori sinf o‘quvchilari ta'tilda oyiga 15-20 mln qo‘shimcha daromad topishmoqda»
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatining Urgut tumanida yozda qo‘shimcha daromad topib oilasiga yordam berayotgan yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatda bo‘lib, ularning ishlari bilan tanishdi.
“Yozda vaqtlarini behuda o‘tkazmay, o‘z halol mehnati bilan oila ro‘zg‘origa ko‘maklashayotgan yuqori sinf o‘quvchilaridan tengdoshlari o‘rnak olishi zarur.
Urgutga borganimizda qator maktab o‘quvchilari bilan yoz vaqtida qo‘shimcha daromad topishlari haqida suhbatlashdik. Ularning orasida nafaqat o‘zi mehnat qilib 5-10 mln so‘m oyiga topayotganlari, balki o‘zidan tashqari qo‘shimcha 30-40 nafar ishchilarni ham oylik bilan ta'minlab, o‘zi oyiga 15-20 mln.dan ortiq daromad topayotgan tadbirkorlari ham bor ekanligini ko‘rib juda xursand bo‘ldim” deb yozadi vazir o‘z sahifasida.
Ma'lum bo‘lishicha, maktablar reytingi avvalgi yillarda faqat o‘quvchilarning OTMga kirishi bilan belgilangani sababli tuman ko‘rsatkichi ancha past bo‘lgan. Kelasi yildan natijalar nafaqat OTMga kirish ko‘rsatkichi, bitiruvchilarning bandligi bilan ham baholanadi.
“Maktablarimiz OTMga qiziqishi yo‘q bo‘lgan o‘quvchilarni mehnat bozoriga to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha sektor rahbarlari bilan hamkorlikda harakat qilishi kerak” deya ta'kidlagan Shermatov.
Vazirlik axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Urgut tumanidagi maktablarning 21 nafar 8-11 sinf o‘quvchilari ayni paytda turli yo‘nalishda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan. Ular sandiqchilik, beshikchilik, zargarlik, tunukachilik, mebel ustasi va duradgorlik, kasanachilik, to‘n tikish va poyabzal ishlab chiqarish va boshqa bir necha turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishadi. O‘quvchilar bir oyda eng kami 2,5-3 milliondan 25 milliongacha sof daromad qilishmoqda.
Avvalroq, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 255-sonli maktab o‘quvchilari ham choyshab va yostiq jildlari tikish orqali 110 mln so‘m daromad topishgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
19:34 / 08.05.2026
Urgutdagi “ibtidoiy” poliklinika to‘rt oyda qanday o‘zgardi?
20:23 / 12.02.2026
“15 mln kishining ma’lumoti sotuvda turgani yo‘q” - Sherzod Shermatov
11:02 / 12.02.2026
Kiberhujumda 60 mingtaga yaqin shaxsiy ma’lumot tarqalgan – Sherzod Shermatov
09:29 / 10.11.2025

