Iqtisodiyot | 11:14 / 02.09.2024
1218
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida O‘zbekiston-Misr biznes-forumi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Misr xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishbilarmonlar kengashi (EBCIC) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Tomonlar joriy yilning 12-13 sentabr kunlari Toshkent viloyatida O‘zbekiston-Misr biznes-forumini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, Misr vakillarining O‘zbekistonda bo‘lish chog‘ida mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralarida muzokaralar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, EBCIC rahbari Motaz Raslan boshchiligidagi Misrning yirik ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya shu yilning 3-5 iyun kunlari ilk marotaba O‘zbekistonda bo‘ldi.

Mazkur tashrif davomida mamlakat tegishli vazirlik va idoralarida, xususan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,  Savdo-sanoat palatasi, "O‘zkimyosanoat" AJ, tijorat banklari bilan muzokaralar va O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlari biznes-forumi o‘tkazilgan edi.

Mavzuga oid