Toshkent metrosining yopiq vestibyullari ochilmoqda
Ayni vaqtda «Milliy bog‘» metro bekatining ikkinchi vestibyulini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahridagi «Milliy bog‘» metro bekatining ikkinchi vestibyulini ta’mirlash ishlari boshlandi.
Iyul boshlarida Kun.uz Toshkent metrosining «Milliy bog‘», «G‘afur G‘ulom», «O‘zbekiston», «Yunus Rajabiy» va «Mashinasozlar» bekatlaridagi ikkinchi kirish-chiqish joylari hamon ochilmagani to‘g‘risida yozgan edi.
O‘shanda poytaxt metropoliteni holatga munosabat bildirib, bundan 30-40 yil ilgari barpo etilgan Toshkent metropolitenining yerosti bekatlaridan beshtasining ikkinchi vestibyullarida qurilish ishlari oxiriga yetkazilmagan holatda foydalanishga topshirilganini ma’lum qilgandi. «Hozirgi kunga kelib, loyihalar bo‘yicha tegishli xulosalar olingan bo‘lib, qurilishni amalga oshiruvchi tashkilot aniqlanishi uchun bu loyiha tenderga joylashtirilgan», — deyilgan edi munosabatda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolardan ko‘rish mumkinki, hozirda «Milliy bog‘» metro bekatining ikkinchi vestibyulini ochish ishlari amalga oshirilmoqda.
«1992 yilda yopilgan metroga kirish yo‘li hozirda qayta tiklanmoqda. Stansiya tomonidan qurilish ishlari eshitilmoqda, tashqarida esa shlakoblok plitalar olib tashlangan», — deb yozadi Telegram’dagi «Ko dnu» kanali.
Gazeta.uz’ning Toshkent metropoliteni matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, «Milliy bog‘», «Mashinasozlar», «O‘zbekiston», «G‘afur G‘ulom» va «Yunus Rajabiy» stansiyalarining ikkinchi vestibyulini ochish rejalashtirilmoqda.
2023 yil oktyabrda Toshkent metropoliteni qoshida ochilgan «Toshmetrotrans» MChJ loyiha instituti tomonidan barcha yopiq vestibyullarni ishga tushirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilib, davlat ekspertizasiga topshirilgani ma’lum qilingandi. O‘shanda mas’ullar ekspertiza xulosasi olinganidan keyin, bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari bilan barcha yopiq vestibyullar 2024 yilning may oyigacha ochib qo‘yilishini va’da qilgandi.
Mavzuga oid
09:44 / 04.11.2024
Metroning “Choshtepa” bekatida poyezd buzilib qoldi
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
16:53 / 24.10.2024
Saylov munosabati bilan Toshkent metrosi ish faoliyatini vaqtli boshlaydi
10:30 / 20.10.2024