Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent metropolitenida jami 270,3 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 98,3 mln nafar yo‘lovchiga yoki 57,2 foizga o‘sgan.

Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:

2020 yil – 38,8 mln nafar;

2021 yil – 101,8 mln nafar;

2022 yil – 136,7 mln nafar;

2023 yil – 172 mln nafar;

2024 yil – 270,3 mln nafar.