Toshkent metropolitenida favqulodda chaqiriq tugmalarini o‘rnatish boshlandi.
«Toshkent» telekanali «Poytaxt» informatsion dasturida qayd etilishicha, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida metropoliten hududida chaqiruv tugmalari o‘rnatilmoqda.
Fuqarolar ushbu tugmani bosish orqali metropoliten xodimlari bilan bog‘lanib, huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berishi yoki yordam so‘rashi mumkin.
Metrodagi videokamera va dinamiklar yordamida xodimlar murojaatchi bilan audio-videoaloqa o‘rnatadi. Barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda tizimda qayd etiladi.











