Toşkent metrosining “Milliy boğ”, “Ğafur Ğulom”, “Özbekiston”, “Yunus Rajabiy” va “Maşinasozlar” bekatlaridagi ikkinçi kiriş-çiqiş joylari hamon oçilgani yöq. Ular betonlar va panjaralar bilan tösib qöyilgan. Kun.uz bu haqda ança avvalroq ham yozgandi.
2024 yilning fevralida yerosti metro bekatlarida örnatilgan eskalatorlarning xizmat muddatini ötab bölganlarini bosqiçma-bosqiç ravişda yangilariga almaştiriş rejalaştirilgani ma’lum qilingandi.
Birinçi bosqiçda “Xalqlar döstligi” metro bekatining ikkinçi vestibyuli, Tashkent city majmuasiga olib çiquvçi tomoni 10 fevraldan 20 martga qadar yopilgandi. Uning eskalatorlari yangisiga almaştirilgaç çiqiş joyi 20 martdan işga tuşişi belgilangan, ammo bu bekat hanuzgaça oçilgani yöq. U ham tösiqlar bilan yopib qöyilgan.
2023 yil oktyabrida Toşkent metropoliteni qoşida oçilgan “Toşmetrotrans” MÇJ loyiha instituti tomonidan barça yopiq vestibyullarni işga tuşiriş böyiça loyihalar işlab çiqilib, davlat ekspertizasiga topşirilgani ma’lum qilingandi. Öşanda mas’ullar ekspertiza xulosasi olinganidan keyin, bosqiçma-bosqiç ta’mirlaş işlari bilan barça yopiq vestibyullar 2024 yilning may oyigaça oçib qöyilişi va’da qilgandi. Biroq bugun, 2 iyul vestibyullarning heç biri oçilgani yöq.
Kun.uz bu böyiça Toşkent metropoliteni matbuot xizmatiga bir neça marotaba sörov yubordi. Ammo axborot xizmati sörovlarga javob bermadi.

















