Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyid Rahmatulloh Termiziy: “Shahidlar maydonidagilar qismati adolatsiz bo‘lgan edi...”
Xotira muqaddas. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: “tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”. Mamlakatimiz “Xotira va qadrlash kuni”ni keng nishonlash arafasida turibdi. Shu o‘rinda haqli bir fikr o‘rtaga chiqadi: o‘zbekning mustaqilligini, ma'rifatini, huquqini, qadriyatini himoya qilgan ajdodlar tufayli shu kunlarga yetib turibmiz. Bu haqda Toshkent shahrining Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy shunday deydi:
“Toshkentdagi Shahidlar maydonida besh mingga yaqin odamlar ko‘milgan. Ularning deyarli barchasiga otib bo‘linganidan so‘ng, o‘limga hukm qilish to‘g‘risidagi farmon chiqqan. Aytishlariga qaraganda, mazkur shahidlarni tunlari guruh-guruh qilib olib chiqib ketishgan va ana shu yerda qatl etishgan. O‘ldirilganlarning sanoqlisi shoir va adiblar, aksarisi esa diniy ulamolar, olim va qorilarni tashkil etgan.
Bunga sabab mustabid hokimiyat xalqni tamoman mut'ye qilish maqsadida uning ma'naviyatini, ma'rifatini va tarixini yo‘qotishga uringan. Ayniqsa, o‘sha xalqning ma'rifatparvarlari yo‘q qilingan. Yuqorida aytib o‘tganim, xunrezliklar ham aynan mana shu maqsadda amalga oshirilgan. Ular otilgan, boshqalari uzoq o‘lkalarga surgun qilingan, omon qolganlari esa yurtdan chiqib ketgan.
Ammo shuni alohida ta'kidlash kerak-ki, dinimiz asrlar osha yashab kelyapti. Uning ildizi hech qachon yo‘qolmaydi. Bunga tarixning o‘zi guvoh”.
Mavzuga oid
10:55 / 29.12.2021
Yunusoboddagi nosoz yo‘l sababchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Zarar ko‘lami – 4,5 mlrd so‘m
16:36 / 08.06.2021
10 oyda 7-marta ta'mirlanayotgan yo‘l. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas'uliyatni zimmasiga olmayapti
17:39 / 04.06.2021
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi imom-xatibning ma'ruzasidan norozi bo‘lib, Musulmonlar idorasiga shikoyat qildi
18:35 / 27.08.2020