Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi Toşkentdagi «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfiddinovning ma'ruzasidan norozi bölib, Özbekiston Musulmonlari idorasiga xat kiritgan. Bu haqda Kun.uz'ga Mehrob.uz sayti vakili xabar qildi.

Qömita yöl qurilişiga ajratiladigan mablağlar talon-toroj qilinişi haqida gapirgan imom-xatibning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'ruzasiga raddiya berilişini söragan.

 

Yunusobod tumanidagi «Mirza Yusuf» (Bodomzor) jome masjidi imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziyning (R.Sayfiddinov) Mehrob.uz saytining Telegram'dagi kanali va boşqa sahifalarda tarqalgan ma'ruzasida yöl qurilişi sohasidagi korrupsiya sababli yangi qurilgan yöllar ham uzoq turmasligi, köp vaqt ötmay yomon ahvolga kelib qolişi haqida söz boradi.

«Kattasidan tortib oddiy işçisigaça «Alloh meni körib turibdi», deb yöl qursa nima böladi, birodarlar? Yöllar yomğir yoqqaç çökib ketmaydi, yangi yöl qurilgaç yil böyi remont bölib yotmaydi.

Agar Alloh körib turibdi desa, öğirlik bölmaydi. 1 km yöl quraman deb, 10 ta uçastka bitmaydi. Bir qurilgan yöl yillab salomat turadi. Nima bu axir, qanday şarmandalik? Yangi yöl tuşadi-yu, faqat uni örab, remont qilib yotadi: buyoğini endi remont qilsa, buyoği çökib ketaveradi.

Hammasi – ana şu e'tiqodning yöqligi sabab. Alloh taolo körib turibdi, degan narsa yöq. Faqat öğirlik, poraxörlik va korrupsiya bölgani uçun. E'tiqodi bor odam köprik qursa, köprigi qulab tuşmaydi, birodarlar. E'tiqodi bor odam uy qursa, uyiga odam köçib kirmasdan remont talab bölib qolmaydi, birodarlar!» – degan Sayyid Rahmatulloh Termiziy Avtomobil yöllari qömitasining noroziligiga sabab bölgan ma'ruzasida.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by mehrob.uz (@mehrob.uz)