Toşkent şahridagi “Bodomzor” jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Aşuro kuni rözasi, ahli ayoliga kengçilik qiliş va bu kunga xos ibodat mavjud emasligi haqidagi ma'lumotlarni sözlab berdi.
Ahli sunna val jamoa mazhabida bu kunda röza tutiş, oilasiga kengçilik qiliş tavsiya etiladi. Imom Buxoriy özlarining «Sahih»larida, Abdulloh ibn Abbos roziallohu anhudan keltiradilar:
«Rasululloh alayhissolatu vassalom Madinaga hijrat qilganlarida bu yerda istiqomat qiluvçi Bani Isroilning röza tutayotganini, xursandçilik qilayotganlarini kördilar-da, ulardan söradilar: bu qanday kun? Ular aytdilarki, Alloh Musoga qavmi bilan birga Fir'avn zulmidan najot bergan kun. Şunda Rasululloh alayhissalom: «Men Musoga sizlardan köra haqliroqman», – dedilar-da, özlari ham röza tutib, sahobalarga ham röza tutişni buyurdilar.
Albatta, bu Ramazon oyi rözasi hali farz qilinmagan vaqtda bölgan. Ramazon rözasi hijratning ikkinçi yilida farz qilingan, şundan söng Aşuro kunida röza tutiş ixtiyoriy böldi. Şu bilan birga, Payğambarimiz alayhissalom Madinada qança vaqt turgan bölsalar, ya'ni 9 yil Aşuro kuni rözasini tutganlar, oxirgi yili kelasi yili Aşuro kuniga yana bir kun qöşib röza tutişlarini aytganlar, ammo bu nasib etmagan.
Bu borada imom Muslimdan rivoyat qilingan hadisni ham eslab ötiş joiz. Rasululloh alayhissalom: «Aşuro kunining rözasi ötgan va kelgusi yil gunohlariga kafforot böladi, deb umid qilaman», – deganlar. Albatta, bunda kabiyr (katta) gunohlar emas, sağiyro (kiçik) gunohlar haqida söz ketmoqda. Çunki gunohi kabiralarga alohida tavba ham lozim.
Şunga binoan, ulamolar nazdida, Ramazon oyidan keyin Muharram oyining 9-10-kunlari, 10-11- kunlari rözasini tutiş mustaham amal hisoblanadi.

Aşuro kunida oilasiga kengçilik qiliş haqida
Aşuro kunining yana bir xislati – bu kunda ahli ayoli, farzandlariga kengçilik qiliş, kiyim-keçak, uyga jihozlar olib beriş, ularni xursand qiliş ham kiradi. Tört mazhab ulamolari oilasiga rözğor qilib berişni mustahab deganlar va bir qança dalillarni keltiradilar. Jumladan, hazrati Abdullohdan qilingan rivoyatlarni keltiradilar:
«Aşuro kuni kim oila ahliga rözğorini keng qilib bersa, Alloh taolo yilning qolgan qismida unga kengçilik beradi», – deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vassallam.











