Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi Ahmad Doniş köçasidagi avtomobil yölining 500 metr qismi 2021 yilning may oyida 40-50 sm.gaça çökkandi. Natijada yölning uşbu qismida transport vositalarining harakati vaqtinça çeklangan, prezident taşrifidan köp ötmay yangi foydalanişga topşirilgan yölda bu holat yuzaga kelgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgandi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlarining örganişlari natijasida mutasaddi taşkilotlar tomonidan «Yunusobod-Turkiston» yerosti metro konstruksiyasining atrofini va yon qismlarini tuproq bilan qayta töldiriş va ziçlaş işlari sifatli bajarilmagani, texnik nazorat talab darajasida olib borilmagani hamda avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş işlari notöğri loyihalaştirilgani çökiş holati yuzaga kelişiga sabab bölgan. Bu orqali davlatga 4,5 mlrd söm miqdorida zarar yetkazilgan.

Foto: Kun.uz

Respublika Transport prokuraturasi tomonidan Toşkent metropoliteni liniyalarini quriş direksiyasi va Toşkent şahar hokimligi Yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, Ahmad Doniş köçasida yuzaga kelgan holatni bartaraf etiş böyiça mutasaddi idoralar tomonidan tegişli çora-tadbirlar taşkil etilmoqda.

Eslatib ötamiz, bugungi kunda Toşkent şahar boş imom-xatibi, öşa paytda Yunusobod tumanidagi «Mirza Yusuf» (Bodomzor) jome masjidi imom-xatibi bölgan Sayyid Rahmatulloh Termiziy öz ma’ruzasida yöl qurilişi sohasidagi korrupsiya sababli yangi qurilgan yöllar ham uzoq turmasligi, köp vaqt ötmay yomon ahvolga kelib qolişi haqida söz boradi.

Foto: Kun.uz