Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston mudofaa vaziri va bosh shtab boshlig‘i ishdan ketdi
Afg‘oniston mudofaa vaziri Abdulla Xon Habibiy va quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Kadam Shox Shahim iste'foga chiqdi. Bu holat “Tolibon” radikal harakati jangarilari mamlakat shimolida joylashgan harbiy bazaga hujum qilishganidan so‘ng yuz berdi. Hujum oqibatida 150dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat prezidenti kotibiyati.
"Mudofaa vaziri Abdulla Habibiy va quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Kadam Shox Shahim o‘z lavozimlarini tark etishdi, bunday qaror darhol kuchga kirdi", - deyiladi prezident kotibiyatining Twitter’dagi rasmiy sahifasida joylashtirilgan bayonotda.
Avvalroq Pajvak agentligi o‘tgan jumada afg‘on armiyasi libosida bo‘lgan jangarilar Balx viloyatidagi harbiy baza hududiga bostirib kirishgani haqida xabar bergandi. Hujum uchun mas'uliyatni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga oldi. Wall Street Journal gazetasining afg‘on amaldorlariga asosan xabar berishicha, hujum oqibatida kamida 170 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025