Iqtisodiyot | 15:37 / 24.10.2025
4242
2 daqiqa o‘qiladi

«Umuman haqiqatdan yiroq» – MB raisi Rossiyadan oltin sotib olinayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov O‘zbekistonning Rossiyadan oltin sotib olayotgani haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. «Biz hech qachon boshqa davlatlardan oltin sotib olmaganmiz va sotib olish niyatimiz yo‘q. O‘zimizga yetadigan oltinimiz bor», dedi regulyator rahbari.

Foto: Kun.uz

24 oktyabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator rahbari Timur Ishmetov O‘zbekistonning Rossiyadan oltin sotib olayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Bu umuman haqiqatdan yiroq ma’lumot. Mutlaqo noto‘g‘ri. Biz hech qachon boshqa davlatlardan oltin sotib olmaganmiz va sotib olish niyatimiz yo‘q. O‘zimizga yetadigan oltinimiz bor», dedi Ishmetov.

MB raisi The Economist jurnalida chop etilgan maqolani eslab, mazkur nashr bilan rasmiy muloqot bo‘lganini ma’lum qildi.

«Bir necha oy avval The Economist jurnalidagi maqolada shunday ma’lumot chiqdi. Biz ularga rasmiy murojaat yo‘llab, ma’lumot qayerdan olingani bo‘yicha savol qo‘ydik va noto‘g‘riligini ko‘rsatdik. Ular keyingi sonida xatosini tuzatdi. Juda ham tushunarsiz holat bo‘lgan», - dedi u.

Mavzuga oid