Yil boshidan buyon gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda 82 kishi halok bo‘ldi
Yil boshidan beri O‘zbekistonda gaz bilan bog‘liq 74 ta baxtsiz hodisa ro‘y berib, ularda 82 kishi halok bo‘ldi, 80 kishi jarohatlandi. Bu haqda ma’lum qilgan “Hududgazta’minot” aholini gazdan foydalanishda xavfsizlik choralariga be’tibor bo‘lmaslikka chaqirdi.

2024 yil boshidan bugungi kunga qadar O‘zbekistonda gaz bilan bog‘liq jami 74 ta (2023 yilda 86 ta) holat sodir bo‘ldi, oqibatda 82 kishi (88) vafot etdi, 80 kishi (119) turli darajadagi tan jarohatlarini oldi. Ayrim holatlarda dudburon nosozligi oqibatida oilaning barcha a’zolari is gazidan zaxarlanib, vafot etishdi.
Bu haqda AOKAdagi brifingda “Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i Abdusattor Qayumov ma’lum qildi.
“Hodisalar, fuqarolar is gazining xavfli ekanligini to‘la to‘kis xis etmasliklari, targ‘ibotga ishonmasliklari natijasida, nostandart, qo‘lbola, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan nosoz jihozlardan hamda dudburon, shamollatish tizimlarini tekshirmasdan yoki noto‘g‘ri o‘rnatilgan dudburondan foydalanganliklari natijasida sodir bo‘lmoqda”, – dedi Qayumov.
“Hududgazta’minot” mas’uli aholini gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Xususan:
- loyihadagi gaz uskuna – jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tushunmasdan ta’mirlamaslik, almashtirmaslik va boshqa joyga ko‘chirmaslik;
- xavfsizlik avtomatikasi bo‘lmagan yoki nosoz bo‘lgan yondirgich va jihozlardan foydalanmaslik;
- dudburonlar hamda shamollatish tizimlarining sozligini doimiy kuzatib, tekshirib borish;
- gaz uskuna va jihozlari yonib turgan xonaga albatta tashqaridan havo kirishi uchun joy qoldirish;
- gaz plitasidan xonani isitish maqsadida foydalanmaslik, uzluksiz gaz yonib turgan xonada uxlamaslik, dam olmaslik;
- xonada gaz hidi sezilganda chiroqni yoqmasdan, eshik derazalarni ochish, gaz jo‘mragini yopib gaz ta’minoti korxonasiga murojaat qilish;
- gaz chiqayotgan joyni aniqlash uchun olovdan foydalanmaslik lozim.
Barcha iste’molchilarga gaz uskunasi o‘rnatilgan xonaga gaz-signalizatorlar o‘rnatishni tavsiya etilmoqda. Bu moslamalar gaz yoki is gazi to‘planganda ovozli xabar beradi va gaz ta’minotini avtomatik to‘xtatadi.
Gaz bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha 1104 qisqa raqamli telefoni hamda “Xavfsiz gaz” Telegram-guruhlari orqali murojaat qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

12:43 / 24.04.2025
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

19:50 / 02.03.2025
Qozog‘istonda is gazidan vafot etganlarning faqat bir nafari o‘zbekistonlik - FVV

17:19 / 02.03.2025